Yangiliklar – O'zbekiston

Robo Girls “Yoshlar innovatsiya markazi” da: Texnologiyalar uchrashuvi!

2023-yil 28 noyabr kuni “Yoshlar innovatsiya markazi” ga Qo‘qon shahridan mehmonlar tasgrif buyurishdi. Qo‘qon davlat pedagogika instituti vakillari bo‘lgan «Robo Girls» klubi qizlari, tashrif davomida robototexnika bo‘yicha o‘z ko‘nikmalarini namoyish etishdi va R:ED Robotics Education tomonidan taqdim etilgan ishlanmalar bilan tanishishdi.

«Robo Girls» klubi bir necha oy ilgari Germaniya elchixonasi tomonidan taqdim etilgan kichik grant asosida paydo bo‘lgan. To‘garakka 10 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 30 nafar qizlar qatnashadi. Tashkil topganlariga uncha ko‘p bo‘lmaganiga qaramay, klub ishtirokchilari Yoshlar markazi vakillarida o‘z ko‘nikmalari va qobiliyatlari bilan yoqimli taasurotlar qoldirishdi. Markaz huzuridagi robototexnika to‘garagi o‘qituvchi va o‘quvchilari mehmonlar uchun ko‘rgazmali “Robo-Sumo” va “Robo-Futbol” o‘yinlarini o‘tkazib berishdi.

Hozirda «Robo Girls» a’zolari Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan va ommabop konstruktorlarida robototexnika bilan shug‘ullanib kelishmoqda. R:ED Robotics Educations to‘plamlari, ularning imkoniyatlari bilan tanishgandan keyin to‘garak tashkilotchilari Qo‘qon shahri va OTM rahbariyatining R:ED rorbototexnika to‘plamlarini xarid qilish borasidagi ko‘maklarini jalb qilish haqida jiddiy o‘ylanib qolishdi.

2023 yilning 23 dekabr kuni “Yoshlar innovatsiya markazi” xodimlar tajriba almashish va ruhlantirish maqsadida «Robo Girls» klubi tomonidan o‘tkazilayotgan musobaqalarga tashrif buyurishadi.